Auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlari turidagi auditorlik xizmatlarini ko'rsatadi.
Soliqqa oid qonunchilikni qo'llash, soliqlar va yig'imlar bo'yicha hisob-kitoblar, deklarasiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish.
Moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish va moliyaviy rejalashtirish, shu jumladan biznes-rejalar tayyorlash, iqtisodiy, moliyaviy maslahat va boshqaruvga oid maslahat berish.
Buxgalteriya hisobini yuritishni avtomatlashtirish va moliyaviy hisobot tuzish, moliyaviy axborotning axborot xavfsizligi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha moliyaviy hisobot tuzish.
Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish masalalari bo'yicha maslahat berish.
Yuridik shaxsning taftish komissiyasi (taftishchisi), investisiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish.